Oziq-ovqat allergiyasida zamonaviy antigistamin preparat - L-Set®

Oziq-ovqat allergiyasi oziq-ovqatni ko'tara olmaslik turlaridan biridir. Uning rivojlanishi
asosida hali oxirigacha o'rganilmagan immunologik mexanizmlar yotadi.

Epidemiologik tadqiqotlar ma'lumotlariga ko'ra, rivojlangan mamlakatlarda haqiqiy oziq-ovqat
allergiyasining tarqalishi bir yoshgacha bo'lgan bolalarda 6–8%, o'smirlarda 2–4%,
kattalarda esa 1,5% ni tashkil etadi.

Ota-onasidan biri allergiyadan aziyat chekadigan bolada allergiya rivojlanish xavfi, ota-onasi
allergik bo'lmagan bolaga qaraganda ikki baravar yuqori. Agar ota-onaning ikkalasi ham
allergiyadan aziyat cheksa, bolada uning rivojlanish xavfi yana ikki baravar ortadi va shu
tariqa to'rt baravar yuqori bo'ladi. Biroq, bola uchun allergen hisoblangan moddalar
ota-onasining allergenlaridan farq qilishi mumkin.

Oziq-ovqat allergiyasini qanday davolash kerak, oziq-ovqatni ko'tara olmaslik turlari.

Eng keng tarqalgan va kuchli allergenlarga sigir suti kiradi, u bolalarning 90 foizida oziq-ovqat
allergiyasi rivojlanishiga sabab bo'ladi. Sigir sutiga bo'lgan allergiya odatda hayotining birinchi
yilidagi bolalarda, qoida tariqasida, bolani sun'iy sut aralashmalari bilan oziqlantirishga
o'tkazilgandan keyin rivojlanadi.

Ahamiyati bo'yicha ikkinchi allergen baliq oqsillari hisoblanadi. Tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra,
oziq-ovqat allergiyasi bor deyarli barcha bolalarda (98%) baliqqa nisbatan allergik reaksiyalar
kuzatilgan. Odamlarning 10 foizida baliqning ma'lum navlarini ko'tara olmaslik aniqlangan.
Ikra, krevetka, qisqichbaqa, omar, ustritsa va boshqa mollyuskalarga nisbatan reaksiyalar bo'lishi
mumkin. Baliqqa bo'lgan sensibilizatsiya (sezuvchanlik) darajasi yosh o'tishi bilan kamaymasligi
va kattalarda ham saqlanib qolishi aniqlangan.

Allergik reaksiyalardan aziyat chekuvchi bolalarning 87,2 foizida allergiyani tuxum oqsili keltirib
chiqaradi. Shu bilan birga, ko'pincha tuxum oqsilini ko'tara olmaslik tovuq go'shti va bulyonini
ko'tara olmaslik bilan birga keladi. Tuxum sarig'ining allergenlik xususiyatlari oqsilga qaraganda
kamroq ifodalangan. Donli ekinlar orasida javdar va bug'doy eng allergenli hisoblanadi. Shuningdek,
turli sabzavotlar, mevalar va rezavorlar ham kuchli allergenlar sirasiga kiradi.

Kefir, pishiriqlar, kvas va tayyorlash jarayonida achitqi qo'ziqorinlari ishlatilgan boshqa mahsulotlarga
nisbatan allergik reaksiyalar moyilligi bor bolalarning 22 foizida kuzatilgan. Allergiyaning ushbu
turidan qochish uchun ratsiondan pishloqning ma'lum navlari, ziravorlar, sirka, vitaminlashtirilgan
sut, kefir, solod qo'shilgan sutli ichimliklar, yogurtlar, bug'doy va javdar noni, krekerlar,
tuzlangan karam, tomat sousi, quritilgan mevalar, pivo, pivo achitqisi, kolbasa, vetchina, shuningdek,
ba'zi dori vositalari — B guruhi vitaminlari va zamburug'li antibiotiklarni (penitsillin, linkomitsin,
tetratsiklin) chiqarib tashlash kerak.

Umuman olganda, allergenlik faolligi darajasi bo'yicha oziq-ovqat mahsulotlarini uch guruhga bo'lish mumkin:

    • Yuqori: sigir suti, baliq, tuxum, sitrus mevalar, yong'oqlar, asal, qo'ziqorinlar,
      tovuq go'shti, qulupnay, malina, yer tuti, ananas, qovun, xurmo, anor, qora smorodina,
      shatut, shokolad, qahva, kakao, xantal, pomidor, sabzi, lavlagi, selderey, bug'doy, javdar, uzum va h.k.;

    • O'rtacha: shaftoli, o'rik, qizil smorodina, klyukva, guruch, makkajo'xori,
      grechka, yashil qalampir, kartoshka, no'xat, cho'chqa go'shti, kurka, quyon go'shti va h.k.;

    • Kuchsiz: kabachki, patisson, sholg'om, qovoq (och rangli), nordon-shirin
      olmalar, banan, bodom, oq smorodina, motmot (agrest), qora olxo'ri, olxo'ri, tarvuz, salat bargi, ot go'shti,
      qo'y go'shti va h.k.

Ba'zan allergik reaksiyalarni oziq-ovqat mahsulotining o'zi emas, balki tarkibidagi turli qo'shimchalar:
bo'yoqlar, aromatizatorlar, emulgatorlar yoki konservantlar keltirib chiqaradi. Bundan tashqari,
oziq-ovqat allergiyasi bor ko'pchilik odamlarda nafaqat oziq-ovqatga, balki boshqa allergenlarga ham
reaksiya mavjud, shuning uchun so'nggi paytlarda shifokorlar oziq-ovqat va nooziq-ovqat allergenlari
orasidagi kesishgan (perekrestniy) reaksiyalarga katta ahamiyat bermoqda. Masalan, agar kimdadir
krevetkaga allergiya bo'lsa, tahlillar katta ehtimol bilan nafaqat krevetkaga, balki krab, lobster va
qisqichbaqalarga ham shunday reaksiyani ko'rsatadi.

Kesishgan reaktivlikning yana bir qiziqarli misoli — o'simlik changi va maishiy (chang, jun)
allergenlarning o'zaro bog'liqligidir (jadvalga qarang). Masalan, o'simlik changiga allergiyasi bor
o'nta odamdan to'qqiztasi ba'zi oziq-ovqat mahsulotlariga ham allergiya his qiladi.

Chang, maishiy allergenlar Oziq-ovqat mahsulotlari
Daraxtlar changiga allergiya Yong'oqlar; daraxt va butalarda o'sadigan mevalar; sabzi, petrushka, selderey
Boshoqli o'tlar changiga allergiya Non, non kvasi, unli mahsulotlar, gerkules, suli yormasi, kofe, kakao, dudlangan kolbasa
Begona o'tlar changiga allergiya Qovun, urug'lar (pista), xolva, kungaboqar yog'i, mayonez, tarvuz, kabachki, baqlajon, xantal
Zamburug'li mikroorganizmlarga allergiya Achitqili xamir, tuzlangan karam, pivo, kvas, pishloq, vinolar, likyorlar, shakar, fruktoza, kefir
Uy changi kanalari (shillakuртlar)ga allergiya Dengiz mahsulotlari: mollyuskalar, krablar, krevetkalar, ustritsalar, saratonlar, lobsterlar
Uy hayvonlariga allergiya Cho'chqa go'shti

Kesishgan reaksiyalarning ehtimoliy variantlarini bilish, yakunda parhezni to'g'ri shakllantirishga va shu orqali allergiyaning rivojlanishidan saqlanishga yordam beradi.

Oziq-ovqat allergiyasi belgilari

Tashqi tomondan oziq-ovqat allergiyasi turlicha namoyon bo'lishi mumkin. Ovqatlangandan bir necha daqiqa o'tgach, odamda quyidagilar paydo bo'lishi mumkin: ko'ngil aynishi, qusish, qorin og'rig'i, so'ngra ich ketishi, teri qichishishi, butun tana bo'ylab ko'p miqdordagi toshmalar, lablar shishishi. Bolalarda oziq-ovqat allergiyasi ko'pincha diatez shaklida namoyon bo'ladi.

O‘Z-O‘ZIDAN DAVOLANISH SOG‘LIG‘INGIZ UCHUN ZARARLI BO‘LISHI MUMKIN.